Namangan viloyati filarmoniyasi 1-o'rin va 400 mln. so'm pul mukofoti bilan taqdirlandi

    Namangan viloyati filarmoniyasi rahbari Orifjon Ergashev va uning jamoasini Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov alohida e'tirof etdi.

    Kuni kecha Jizzax musiqali va drama teatrida O'zbekiston davlat filarmoniyasi hududiy bo'linmalari o'rtasida 3-Respublika ko'rik-tanlovi o'tkazildi.

    Ikki kun davomida ishtirokchi ijodiy jamoalarning chiqishlari tajribali hakamlar hay'ati tomonidan baholab borildi.

    - Kuzatuvlarimga asoslanib ayta olamanki, ijodiy jamoalar puxta tayyorlanishgan. Shu boisdan ko'rik-tanlov murosasiz va qizg'in kechdi. Tabiiyki, bu hakamlar hay'atiga qiyinchilik tug'dirishi bilan birga, katta mas'uliyat yukladi, - deydi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov.

    Yakuniy xulosaga ko'ra, Namangan viloyati filarmoniyasi ijodiy jamoasi birinchilikni qo'lga kiritdi. Farg'onaliklar ikkinchi, Jizzax viloyati jamoasi 3-o'ringa hamda faol qatnashgan jamoalar turli nominatsiyalarga munosib ko'rildi.