Muloqot davomida mazkur kompaniyalar tomonidan viloyatga investitsiyalar kiritish imkoniyatlari muhokama qilindi. Xususan, quyosh elektr stansiyasi qurish, tabiiy tosh qazib olish, termik issiqxona barpo etish loyihalari muhokama qilindi.
Shuningdek, viloyatda yoʻl harakati nazorati tizimi faoliyatini maqbullashtirish, “Xavfsiz shahar” konsepsiyasi doirasidagi hamkorlik masalalari ham koʻrib chiqildi.
Viloyat rahbari uchrashuvda ishtirok etayotgan mutasaddilarga mazkur loyihalarni turkiyalik investorlar bilan birgalikda joyida koʻrib chiqish va ikki tomon uchun samarali yechimlarni topish yuzasidan koʻrsatmalar berdi.