Namanganda bir oilaning 4 aʼzosi is gazidan vafot etdi

    Tashvishli xabar 18 Dekabr 2023 733

    Shu yilning 15-dekabrdan 16-dekabrga oʻtar kechasi Yangi Namangan tumanida yashovchi oilaning toʻrt nafar aʼzosi is gazidan zaharlanib vafot etdi.

    Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov maʼlum qildi.

    1975-yilda tugʻilgan M.M, uning turmush oʻrtogʻi 1982-yilda tugʻilgan K.K. hamda ularning farzandlari — 2004-yilda tugʻilgan M.M. va 2009-yilda tugʻilgan X.M. oshxonadagi gaz plita orqali rezina shlang bilan pechkaga ulanib, gaz isi chiqishi oqibatida zaharlanib vafot etgan.

    Ularning oʻlim sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiy va boshqa turdagi tegishli ekspertizalar tayinlangan.

    Hozirda holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.