AOKAda oʻtkazilgan brifingda «Hududgaztaʼminot« AJ boshqarma boshligʻi Abdusattor Qayumov taʼkidlashicha, ayrim fuqarolarning gazdan foydalanish qoidalarini bilmasligi, unutib qoʻyishi, mensimasligi yoki eʼtiborsizligi baxtsiz hodisalarni keltirib chiqarmoqda.
Shu yil boshidan bugungi kunga qadar Respublika boʻyicha gaz bilan bogʻliq jami 74 ta (2023-yil 86 ta) holatlar sodir boʻldi. Mazkur holatlar oqibatida 82 nafar (88 ta) fuqaro vafot etdi va 80 nafar (119 ta) fuqaro turli darajadagi tan jarohati oldi.
Ayrim holatlarda esa dudburon nosozligi oqibatida oilaning barcha aʼzolari is gazidan zaxarlanib, vafot etishdi.
«Hurmatli Isteʼmolchilar, gaz bilan bogʻliq buyurtmalar, avariyalar va murojaatlar bilan har bir tuman/shahar gaz taʼminoti boʻlimlaridagi 104 avariya xizmatlari yoki 1104 qisqa raqamga hamda “Xavfsiz gaz” telegramm guruhlari orqali murojaat etishingiz mumkin« deydi mutaxassis oʻz murojaatida.