Qashqadaryoda ota va uning 3 nafar farzandi is gazidan zaharlanib vafot etgani aniq boʻldi

    Sud-tibbiyot ekspertizasi shu yilning 17-dekabr kuni tushdan soʻng Qarshi shahridagi yashovchi 46 yoshli erkak va uning uch nafar (18, 16 va 10 yoshli) zaharlanish oqibatida vafot etgani toʻgʻrisida xulosa berdi.

    Bosh prokurorning matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi Hayot Shamsuddinovning maʼlum qilishicha, oʻtkazilgan sud-tibbiyot ekspertizasi marhumlarning oʻlimi is gazidan — «oʻtkir zaxarlanish«dan kelib chiqqani haqida xulosa bergan. Shuningdek, tekshirish davom etayotgani ham qoʻshimcha qilingan.

    Avvalroq ​“Hududgaztaʼminot” AJ gaz taʼminoti boʻlimi va FVB xodimlari tomonidan voqea joyi oʻrganilganda gaz bosimi, dudburonning tortish kuchi meʼyorida ekani hamda is gazi sizib chiqishi holatlari aniqlanmaganini maʼlum qilgandi.