Tadbirda “Yangi O‘zbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati
bosh muharriri Salim Doniyorov, bosh muharrir o‘rinbosari Abu Bakir O‘rozov,
Namangan davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Xusanov, O‘zbekiston
Yozuvchilar uyushmasi Namangan viloyati raisi Ziyovuddin Mansur, O‘zbekiston
Jurnalistlar uyushmasi Namangan viloyati bo‘limi raisi Gulchehra Buvamirzayeva,
shoir, faxriy jurnalist Nosirjon Dehqonov, taniqli ziyolilar, ijodkorlar,
institut professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlar va ommaviy axborot vositalari
vakillari ishtirok etdi.
Tadbirning asosiy maqsadi yoshlarni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan
islohotlarning mazmuni bilan yaqindan tanishtirish, ularning ijtimoiy-siyosiy
jarayonlardagi ishtirokini oshirish hamda ommaviy axborot vositalariga bo‘lgan
qiziqishini kuchaytirishdan iborat bo‘ldi.
Kechada so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda so‘nggi o‘n yil davomida amalga
oshirilgan tub islohotlar, ularning bosqichlari va erishilgan natijalar haqida
batafsil so‘z yuritdi.
Namangan viloyatida ham ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash, hudud
infratuzilmasini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha muhim
loyihalar hayotga tatbiq etilmoqda. Ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va
sport sohalarida ro‘y berayotgan yangilanishlar hudud aholisi farovonligini
oshirishga xizmat qilayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Shuningdek, tadbir doirasida O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan
jurnalist Salim Doniyorovning “Yangi O‘zbekiston orzusi” kitobi keng
jamoatchilikka taqdim etilib, ijodkorlar, pedagoglar va yoshlar tomonidan
kitobning mazmuni haqida ma’ruzalar qilindi.
Kecha davomida gazetalarda chop etilayotgan tahliliy maqolalar, intervyular va
dolzarb mavzulardagi materiallar misolida jurnalistikaning jamiyat
taraqqiyotidagi o‘rni keng muhokama qilindi. Ishtirokchilarga mazkur milliy
nashrning qizg‘in faoliyati, ularning jamiyatda ochiqlik va oshkoralikni
ta’minlashdagi roli haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldi,
islohotlarning samaradorligi bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Namanganda “Yangi O‘zbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari kunlari tashkil etildi
Namangan davlat pedagogika institutida “Yangi O‘zbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari kunlari, shuningdek, so‘nggi o‘n yil ichida mamlakatimizdagi keng ko‘lamli islohotlarning natijalari haqida so‘z yurituvchi “Yangi O‘zbekiston orzusi” kitobining taqdimot kechasi bo‘lib o‘tdi.
Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi
- Togʻli hududda adashib qolgan 5 nafar fuqaro qutqarildi
- YHXX moped va skuterlar uchun nega haydovchilik guvohnomasi talab qilinayotganini izohladi
- Gaz zaxiralarini ko‘paytirish maqsadida geologiya-qidiruv ishlari kengaytirilmoqda
- Toshkentda 100 ta sanitariya-gigiyena shoxobchasini joylashtirish uchun 140,4 mln soʻm ajratiladi
- Yoshlarning xalqaro imtihon xarajatlari uchun 151 mlrd so‘m qoplab berildi
Shahnoza Mirziyoyeva Namanganda besh yoshli qizaloq bilan bog‘liq fojia yuzasidan munosabat bildirdi
- Xitoydan 121 bosh naslli qoramol olib kelindi
- Paxtani birjada sotgan fermerga ham, uni sotib olgan klasterga ham har tonna uchun 500 ming soʻmdan subsidiya beriladi
- «Xumo» fermer xo‘jaligi rahbari: «Ilmga yondashsak, kam bo‘lmaymiz»
- Suyultirilgan gaz taʼminoti: tizimga xususiy sektor kirib kelmoqda
- Namanganda 5 yoshli qiz bilan bog‘liq jinoyat ishi Bosh prokuror nazoratiga olindi