Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Departamentning Pop tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “A-P.” MCHJ rahbari A.T. turmush oʻrtogʻi S. nomiga tashkil etilgan “O.S.” MCHJga bank filialidan ajratilgan 1 mlrd soʻm hamda “A-P.” MCHJga ajratilgan 200 mln soʻm imtiyozli kredit evaziga xarid qilingan tibbiy dastgohlar va ishlab chiqarish uskunasini boshqa shaxslarga sotib yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (Oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.