Bu haqda Namangan shahar hokimi oʻrinbosari Mubosher Adhamov xabar bermoqda.
2022-yilning birinchi yarim yilligida oʻz faoliyatini boshlaydigan oliygohda tibbiyot, farmatsevtika va tish davolash kabi asosiy yoʻnalishlar boʻyicha kadrlar tayyorlanadi.
Oʻqitish jarayonida pokistonlik yetakchi professor-oʻqituvchilar jalb etilishi koʻzda tutilgan. Mazkur oliygoh xorijiy taʼlim dargohi hisoblanib, unda nafaqat namanganlik, balki respublikamizning turli viloyatlaridan, qolaversa, xorijiy mamlakatlardan talabalar kelib, taʼlim olishlari mumkin. Buning uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratiladi.
Xalqaro universitet filiali jahon andozalariga mos keluvchi zamonaviy, eng soʻnggi rusumdagi asbob-uskunalar, zarur jihozlar bilan taʼminlanadi.