Bugun ushbu avtobuslarni “Turon-95 MBI” MCHJ tomonidan taqdim etish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov, nuroniylar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi, deya xabar beradi hokimlik axborot xizmati.
Marosim davomida ishtirokchilar yangi avtobuslarning texnik imkoniyatlari, yoʻlovchilar uchun yaratilgan sharoitlar, shuningdek, nogironligi boʻlgan shaxslar uchun moslashtirilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishdilar.
Qayd etilishicha, mazkur avtobuslar yaqin kunlar ichida eng muhim yoʻnalishlarda harakatni boshlaydi. Bu esa Namanganda jamoat transporti xizmatini yangi bosqichga olib chiqib, aholiga yanada samarali, xavfsiz va qulay transport xizmati koʻrsatilishini taʼminlaydi.