Xabarda aytilishicha, shu yilning 23-iyul kuni soat 13:48 da 112 yagona dispetcherlik xizmatiga Namangan tumani Mirishkor mahallasida yashovchi, 2009-yilda tugʻilgan voyaga yetmagan bola suvga choʻkkani haqida xabar kelib tushgan.
Shundan soʻng Namangan viloyatining Namangan Chust va Pop tumanlari favqulodda vaziyatlar boʻlimlari qutqaruvchilari hamda boshqarmaning gʻavvoslar guruhi tomonidan suv usti va suv ostida qidirish ishlari boshlangan va hozirgacha davom etmoqda
Bir nafar oʻsmirning jasadi 26-iyul kuni topilgan. Oradan 6 kun oʻtib, 28-iyun kuni ikkinchi oʻsmirning jasadini suv osti va suv usti qidiruv ishlari olib borilmoqda.
Hozirgi kunda Namangan, Chust va Pop tuman favqulodda vaziyatlar boʻlimlari yongʻin qutqaruvchilar tomonidan suv usti va boshqarma yongʻin qutqaruv otryadi gʻavvoslari tomonidan suv osti qidiruv ishlari davom ettirilmoqda, deyiladi xabarda.








