Ikkinchi mintaqaviy hududga qarashli 6-son jazoni ijro etish koloniyasining kasb-hunar markazida Namangan viloyati Oshpazlar jamiyati raisi ishtirokida oshpazlik yoʻnalishida navbatdagi amaliy mashgʻulot oʻtkazildi.
Mashgʻulotda jazo muddatini oʻtayotgan, oshpazlik kasbiga qiziqish bildirgan mahkumlar jalb etildi. Dars davomida tajribali oshpaz tomonidan “Dimlama” taomini tayyorlash bosqichlari amaliy tarzda oʻrgatildi. Xususan, ovqat tayyorlashda gigiyenaga rioya qilish, mahsulotlarni toʻgʻri maydalash, zirovori va tuz miqdorining muvozanatini saqlash kabi muhim jihatlar haqida batafsil tushunchalar berildi.
Shuningdek, mashgʻulot jarayonida mahkumlarning qiziqtirgan savollariga mutaxassis tomonidan amaliy javoblar berildi.