Mazkur biznes forumda Malayziya davlatining Sabah shtatidagi 10 dan ortiq turbiznes kompaniyalarining 12 nafar vakili hamda Namangan viloyatidagi 30 nafarga yaqin turizm sohasida faoliyat yuritayotgan biznes vakillari ishtirok etdi.
Biznes forum doirasida Namangan viloyati Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi hamda Malayziya davlatining “Funholiday Tours & Travel Sdn B Funholiday Tours&Travel Sdn Bhd” kompaniyasi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.
Shuningdek, B2B formatda boʻlib oʻtgan uchrashuvlarda Namangan viloyati turbiznes vakillari bilan Malayziyaning turistik kompaniyalari oʻrtasida oʻzaro aloqalar oʻrnatish boʻyicha kelishuvlar amalga oshirildi.
Shu bilan birga malayziyalik mehmonlar Namangan va Fargʻona viloyatlarining turizm salohiyati bilan tanishtirildi. Oʻz navbatida Malayziya kompaniyasi ham turizm sohasidagi taqdimotlari bilan tanishtirdi. Qolaversa, turistlarga qulaylik yaratish maqsadida charter reyslarni yoʻlga qoʻyish boʻyicha takliflar, sohadagi oʻzgarishlar haqida fikr-mulohazalar bildirildi, deb xabar beradi Turizm va madaniy meros vazirligi matbuot xizmati.
Biznes forum doirasida mehmonlar uchun Namangan viloyatida turizm salohiyati yuqori boʻlgan Chortoq tumanidagi “Sulton Uvays Qaroniy” hamda “Bibi Naima” ona ziyoratgohlari hamda Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi “Axsikent” ochiq osmon ostidagi muzeyiga sayohat tashkil etildi.