Xorijiy tillar va axborot texnologiyalarini o'qitishga ixtisoslashgan akademiya tashkil etishga astoydil kirishgan yosh iqtidor maqsadi yo'lidagi qat'iy izlanishlari natijasida shu yilning yanvar` oyida “Today” o'quv markazi faoliyatini yo'lga qo'ydi.
Namangan shahrida tashkil etilgan o'quv markazida dasturlash hamda ITning barcha yo'nalishlari bo'yicha ta'lim olish mumkin. Shuningdek, markazda ingliz tili va rus tili ham chuqur o'rgatiladi.
Hozirda o'quv markazi 75 nafar o'quvchini qamrab olgan, ularning asosiy qismini IT va dastur yaratishga qiziqqan 6 – 8-sinf o'quvchilari tashkil qiladi.
Turli tanlov va intellektlar sinovida muvaffaqiyatli qatnashib kelayotgan o'quv markazi bitiruvchilaridan iborat guruh a'zolari ayni kunlarda Birlashgan Arab Amirliklari hamda IT Park hamkorligida o'tkazilayotgan “MgovAvard” mobil ilovalar tanloviga tayyorlanmoqda.
Faoliyati savdo va xizmat ko'rsatish majmualariga biznes avtomatlashtirish tizimi yaratishdek jarayonlarni ham qamrab olgan Umar ul Foriq Rustamov xorijiy hamkorlarga saytlar yaratib berish, mavjud saytlarni takomillashtirish, texnik xizmat ko'rsatish orqali hozirda bitta buyurtmadan 700 dollardan – 1500 AQSH dollarigacha daromad topmoqda.
e'tiborlisi, u asos solgan “Today” o'quv markazi va Techbro IT kompaniyasida 25 nafar o'zi kabi yoshlar ish bilan ta'minlangan.