Namanganning Qamchiq dovoniga yaqin hududida logistika markazi tashkil etiladi

    Qirgʻiz tomoni bilan kelishilgan holda “Uchqoʻrgʻon” bojxona postini ishga tushirishni jadallashtirish zarurligi qayd etildi.

    Viloyat sanoat mahsuloti va meva-sabzavoti asosan Toshkent va Andijon orqali eksport boʻlayotgani tannarxning oʻsishiga olib kelayotgani qayd etildi.

    Shu munosabat bilan mutasaddilarga Namangan xalqaro aeroportidagi boʻsh maydonda yuk terminalini ishga tushirish, Namanganni Qamchiq dovoniga yaqin hududida logistika markazini tashkil etish, Nanay qishlogʻi hududidagi sobiq “Karvon” bojxona nazorat maskani faoliyatini tiklash topshirildi.

    Qirgʻiz tomoni bilan kelishilgan holda “Uchqoʻrgʻon” bojxona postini ishga tushirishni jadallashtirish zarurligi qayd etildi. Chegara posti yaqinida Xitoylik hamkorlar bilan “Uchqoʻrgʻon-Kensay” logistika markazini barpo etish rejalashtirilgan.