Mazkur maskan 220 nafar tomoshabinni bag'riga sig'dira oladi. Shuningdek, institut tarixi va buguni o'z aksini topgan muzey tashkil etilgan bo'lib, tashrif buyuruvchilar bilim dargohining boy tarixi va hozirgi faoliyati bilan yaqindan tanishishi mumkin.
NamMTI axborot xizmati yozishicha, kelgusida bu joyda Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar, turli yo'nalishlardagi nufuzli uchrashuvlar, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar va ayni oliy o'quv yurti Press-klubining sessiyalari o'tkazilishi rejalashtirilgan.