Mazkur tadbirda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining Hududiy boʻlinmalar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Muxayyo Xayitova, AGTKS, AGQS, AYOQSlarda sanitariya-gigiyena shoxobchalarini jihozlash, mavjudligini oʻrganish hamda monitoringiga doir fikr-muloxazalrini bildirdi.

Qoʻmita hamda qator masʼul vazirliklar bilan birgalikda amalga oshirilgan koʻlamli ishlar sababli hududlardagi avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalarida sanitar-gigiyenik holat ancha yaxshilangani taʼkidlandi.

Aholi va turistlarga qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatish borasidagi faoliyatini namunaviy tarzda yoʻlga qoʻygan avtomobillarga yoqilgʻi quyish stansiyalari ragʻbatlantirish uchun tavsiya qilindi:

- Kosonsoy tumani “Tagijar” mahallasida joylashgan “Yusufxon Ikromxoʻja” MCHJ avtomobillarga yoqilgʻi quyish stansiyasi; 
- Kosonsoy tumani, Hurriyat mahallasida joylashgan “Badaxshon” MCHJ avtomobillarga gaz quyish stansiyasi; 
-“Ezgu niyat metan” MCHJ avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor stansiyasi Namangan shahri, Margʻilon koʻchasida joylashgan.

Mazkur tadbirda shuningdek, viloyat hokimi oʻrinbosari Saidahmad Sultanov, hokimning turizm va sport masalalari boʻyicha maslahatchisi Botir Nuritdinovlar ishtirok etib, nomzodlarni taqdirladilar. 
Bundan oldin, Toshkent, Buxoro, Navoi, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpogʻizton Respublikasida eng yaxshi AGTKS, AGQS, AYOQSlarga “Quality service” sertifikatlari topshirilgan edi.