O'zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi va mahalliy hokimlik, shuningdek Soliq inspektsiyasi, Davlat xizmatlari markazi vakillaridan iborat ishchi guruh oilaviy mehmon uylari egalarini yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro'yxatdan o'tkazib, reestrga kiritdi hamda ularga tegishli guvohnomalarni topshirdi. endi “Soy bo'yi” qishlog'ida yashovchi mahalliy aholi o'z mehmon uylari faoliyatini boshlab, bu erga dam olish uchun tashrif buyurgan sayyohlarni qabul qilishlari mumkin.  Bunda ularning sanitar-gigienik qoidalarga qat'iy rioya qilishi kerakligiga oid tushuntirish ishlari olib borildi.

Ta'kidlash joizki, bugungi koronavirus pandemiyasi bilan bog'liq bo'lgan davrda Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan «yashil» hamda «sariq» hududlarda oilaviy mehmon uylarining ochishga ruxsat berildi.  “Soy bo'yi” MFYda oilaviy mehmon uylarining ochilishi mahalliy aholi, ayniqsa ayollarimizni ish bilan ta'minlash va shuning barobarida ichki turizmni rivojlantirish yo'lida xizmat qiladi.