“Naqshbandiya” III xalqaro turizm festivali ishtirokchilari Samarqandga yetib keldi

    Bundan tashqari, Imom Al-Moturidiy maqbarasi, Xoja Ahror Valiy masjidi, Shoxi-Zinda majmuasi va Samarqandning boshqa diqqatga sazovor joylarini ziyorat qilish rejalashtirilgan.

    Ushbu turizm festivalida Malayziya, Indoneziya, Turkiya, Hindiston, Suriya, Fransiya, Shveytsariya, Portugaliya, Rossiya, Bangladesh va boshqa davlatlardan 100 dan ortiq dunyoga mashhur olimlar, din, fan va jamoat arboblari, shuningdek, turizm sohasi vakillari ishtirok etmoqda.

    Bugun festival ishtirokchilari Imom Al-Buxoriy yodgorlik majmuasi va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga tashrif buyurishdi. Bundan tashqari, Imom Al-Moturidiy maqbarasi, Xoja Ahror Valiy masjidi, Shoxi-Zinda majmuasi va Samarqandning boshqa diqqatga sazovor joylarini ziyorat qilish rejalashtirilgan.

    Mazkur festivalni o‘tkazishdan asosiy maqsad buyuk o‘zbek mutafakkirlarining islom dini va jahon sivilizatsiyasi rivojidagi xizmatlariga hurmat bajo keltirish, muqaddas qadamjolarni ziyorat qilish va Ziyorat turizmining boshqa ob’yektlari bilan tanishishdan iborat.