2021-yilda Samarqand va Nara (Yaponiya) shaharlari oʻrtasida doʻstona hamkorlik yoʻlga qoʻyiladi. Ushbu maqsadda Nara prefekturasi gubernatori Shougo Arai boshchiligidagi delegatsiyaning Oʻzbekistonga safari ham rejalashtirilmoqda (safar uchun mahalliy byudjetdan 120 ming $ lik mablagʻ ham ajratilgan).

Nara va Samarqandni bogʻlab turuvchi qator oʻxshashliklar bor. Masalan, har ikkisi ham oʻz tarixida mamlakat poytaxti boʻlgan. Tarixiy yodgorliklari hanuzgacha saqlanib qolgan. “Buyuk Ipak yoʻli” kesib oʻtgan shaharlardan biri sanalgan.

Xabarga koʻra, shu yilning 13-mart kuni Nara shahrida Samarqand haqidagi madaniy tadbir oʻtkazilishi (onlayn boʻlsa kerak) rejalashtirilgan.