Koreyadagi 7,5 yillik faoliyati davomida 267 turdagi yangi qotishmalarni kashf qilgan, ularning oltitasiga xalqaro patent olgan oʻzbekistonlik kimyogar olim, “Yangi Oʻzbekiston” universiteti prorektori Elyorjon Jumayev OKMKda boʻldi. Kombinat rahbariyati, mutaxassislari hamda olim oʻrtasidagi uchrashuvda yosh olim tomonidan bir qator qotishmalar haqida taqdimot oʻtkazildi.
Uchrashuvda olimning ilmiy ishlanmalari muhokama qilinib, u kashf qilgan yangi qotishmalar haqida batafsil maʼlumot berildi.
Yaqinda olimning yaqinda xalqaro miqyosda patentga loyiq topilgan “Yuqori darajada mustahkamlik va egiluvchanlikka ega nikel asosli yangi superqotishmalar” ixtirosini ishlab chiqarishga tadbiq etish boʻyicha hamkorlikda ishlar olib borishga kelishildi.
Kombinatda shu sohadagi mavjud kamchiliklar ham muhokama etildi. Ushbu masala boʻyicha yoʻl xaritasi tuzish hamda oʻzaro hamkorlik aloqalari doirasida ilmiy va amaliy ishlar olib boriladi. Mazkur hamkorlik kombinatda yangi turdagi super qotishmalar ishlab chiqarish, mavjud texnologiyalarni takomillashtirga xizmat qiladi. Hamda OKMKning innovatsion rivojlantrish strategiyasini amalga oshirishda munosib xissasini qoʻshadi.
OKMK Axborot xizmati