Qayd etilishicha, bu safar vertolyot o'n metr balandlikda 143 soniya davomida 264 metr masofani bosib o'tgan va Qizil sayyorani suratga oldi.
Qurilmaning 54-parvozi 3 avgust kuni amalga oshgan. O'shanda parvoz 24 soniya davom etgan. Vertolyot havoga ko'tarilib, keyin qo'ngan.
Gap shundaki, 53 parvoz paytida Ingenuity o'z missiyasini to'liq bajara olmadi va shoshilinch ravishda qo'nishga majbur bo'ldi. NASA mutaxassislari nosozlik sababini aniqlab, uni bartaraf etishdi. Shu tariqa 55-parvoz muvaffaqiyatli amalga oshirildi, deb xabar beradi korrespondent.net.