Olimlarning fikricha, tabiiy yo'ldoshda foydali qazilma konlari mavjud. Ular yuzlab milliard dollarga baholanadi. AQShdan tashqari, Xitoy, Yaponiya, Rossiya va boshqa davlatlar ularni qazib olish yo'llarini o'rganmoqda.
Tadqiqotchi olim Jerald Sandersning so'zlariga ko'ra, konchilik missiyasi Oyga sinov burg'ulash qurilmasi yuborilgandan so'ng darhol boshlanadi. Missiyaning dastlabki maqsadi odamlarning hayot kechirishi uchun zarur bo'lgan kislorod va suv ishlab chiqarish bilan bog'liq. Keyin temir va noyob tuproq elementlariga zarurat tug'iladi, deb xabar beradi mir24.tv.