NASAning Perseverance qurilmasi Marsda mikrob izlari mavjud bo'lishi mumkin bo'lgan toshlarni topdi

    Perseverance Marsda qadimiy mikrob izlarini aniqlagan bo'lishi mumkin. To'liq tahlil qilish uchun toshni Yerga yuborish kerak bo'ladi.

    Bu 2030-yillardan oldin sodir bo'lishi dargumon.

    NASAning Perseverance qurilmasi Marsda mikroblar bilan bog'liq hayotning ehtimoliy yangi belgilarini aniqladi.

    Taxminan 1 x 0,6 metr o'lchamga ega tosh “Cheyava sharsharasi” deb nomlandi va “U Marsda uzoq o'tmishda mikroskopik hayot bo'lganmi degan savolga javob berishi mumkin bo'lgan hayratlanarli xususiyatlarga ega”, dediladi NASA xabarida.

    “Cheyava sharsharasi” Jezero kraterining og'zida topilgan bo'lib, u 3,5 milliard yil oldin ko'l bo'lgan, deb xabar beradi ru.euronews.com.