“Nasriddin Afandining hazillari"ni YUNESKOning Jahon merosi roʻyxatiga kiritish taklif qilindi

    Madaniyat 9 Iyul 2020 4210

    Tojikiston, Ozarbayjon, Qirgʻiziston, Turkmaniston, Qozogʻiston, Oʻzbekiston va Turkiya hamkorligida Nasriddin Afandi latifalarini YUNESKOning nomoddiy madaniy meros roʻyxatiga kiritish taklif qilindi, deya xabar beradi Tojikiston Respublikasi Madaniyat vazirligi.

    Tegishli hujjatlarni YUNESKOga Tojikiston tomonidan madaniy ilmiy-tadqiqot instituti olimlari, Tojikistonning YUNESKO ishlari boʻyicha milliy komissiyasi koʻmagida tayyorlashdi, deb yozadi “Avesto” axborot agentligi.

    Nasriddin Afandi yoki “Xoʻja Nasriddin” XIII-asrdan beri Oʻrta Osiyo, Yaqin Sharq, Xitoy, Kavkazorti va Bolqonda tarqalgan latifalar, rivoyatlar va ertaklardagi hajviy xarakterdir.

    Nasriddin Afandi haqiqatan ham mavjud boʻlgan yoki yoʻqligi haqida hech qanday maʼlumot yoʻq, ammo tarixchilar va yilnomachilar uning kelib chiqishining bir nechta versiyasini keltiradilar. Ulardan biriga koʻra, uning vatani Buxoro, boshqasiga koʻra u umuman Xitoyda tugʻilgan. Ammo bularning barchasi koʻpgina mamlakatlarda uning sharafiga yodgorlik oʻrnatilishiga xalaqit bermadi.