AQSHning yirik ““National Geographic”” nashrida O'zbekistonga borgan sayyohlar tunab qolish uchun qulay va chiroyli mehmonxonalar ro'yxatini e'lon qildi.
“O'zbekistonda qolish uchun eng yaxshi 7 ta joy” nomli maqolada O'zbekistondagi “MIRZO Boutique HOTEL”, “Malika Hotel In Samarkand”, “Bahodir B&B Samarkand”, “Minzifa Inn Bukhara”, ‘Meros B& Khiva’, “Nuratau Homestays”, “Desert Yurt Camps” mehmonxonalari haqida yoritilgan.
Maqolada mehmonxonalarning joylashgan joyi, kelib chiqish tarixi, ko'rsatiladigan xizmat turlari, an'anaviy o'zbek uslubida bezatilgan dizayni, Aydarko'l ko'li, Qizilqum cho'li haqida aytib o'tilgan.
Ma'lumot uchun: “National Geographic” AQSH Milliy geografiya jamiyati tomonidan ishlab chiqarilgan badiiy bo'lmagan filmlarni namoyish etadigan Amerika televizion tarmog'i hisoblanadi. Kanal hujjatli filmlarni efirga uzatadi, ularning asosiy mazmuni ko'pincha fan, tabiat, madaniyat, tarix va kashfiyotlar bilan bog'liq.