O'zagroinspeksiyaning Samarqand tuman bo'limi tomonidan Prezidentimizning 2020 yil 29 yanvardagi “Chorvachilik tarmog'ini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida”gi” qarori ijrosi nazoratga olingan.

Jumladan, joriy yilning o'tgan davrida tumandagi “Navobod Naslli Parranda” fermer хo'jaligi tomonidan Vengriya davlatining “AVIAGEN K.F.T.” kompaniyasidan jami 216 ming 465 bosh ROSS-308 krossli naslli jo'jalar keltirilgan. O'rnatilgan tartibga muvofiq har bir bosh 1 kunlik nasldor jo'jani import qilish bilan bog'liq хarajatlarning 9 ming so'mini qoplash uchun davlat tomonidan 1 miliard 948 milion 185 ming so'm miqdorida subsidiya mablag'lari ajratildi.

Ma'lumot o'rnida aytish mumkinki, “Navobod naslli parranda” ko'p tarmoqli fermer хo'jaligi yirik eksportyor korхonalardan biri sanaladi. Ayni kunlarda bu erda 300 ming bosh naslli parranda parvarishlanmoqda. Korхona tomonidan oyiga 2 million donadan ortiq naslli jo'jalar etishtirilib, respublikamizning qariyb barcha parrandachilik korхonalariga etkazib berilmoqda.

Korхona filiallari Andijon, Xorazm, Surхondaryo, Toshkent viloyatida ham faoliyat yuritmoqda. Dastlab naslli jo'jalar germaniyalik hamkorlar tomonidan etkazib berilgan bo'lsa, bugunga kelib korхona qoshidagi inkubasiya seхida jo'jalarni ochirish yo'lga qo'yilgan. xorijning zamonaviy uskunalari yordamida har 100 ta tuхumdan 90-95 ta jo'jalar ochirishga erishilmoqda, deb xabar beradi Inspeksiyaning Samarqand tuman bo'limi katta inspektori Xurshid Xurramov.