Uning “Mashrab”, “Gumbazdagi nur”, “Avliyoning bashorati” dostonlari, “Boqiy dunyo” sheʼriy romani, “Sarbadorlar” dilogiyasi, Amir Temurga bagʻishlangan toʻrt tomlik “Ulugʻ saltanat” epopeyasi oʻquvchilar tomonidan sevib oʻqib kelinmoqda.

Yaqinda adib izlanishlar olib borib, buyuk siymolar – Alisher Navoiy va Sulton Husayn Boyqaroning chinakam doʻstligini tarannum etgan, tarixiy adolatni tiklashga qaratilgan yangicha talqindagi dramatik asarini yaratdi. Mazkur asar “Adabiyot” nashriyotida chop etildi.

Shuningdek, drama “Jahon adabiyoti” jurnalida eʼlon qilindi, jamoatchilik tomonidan yaxshi kutib olindi, vaqtli matbuotda unga bagʻishlangan tahliliy maqolalar bosilib chiqdi. Ushbu asar Fargʻona viloyat musiqali drama teatri hamda Qozogʻiston Respulikasidagi oʻzbek drama teatri sahnasida ijro etib kelinmoqda.