Navoiy shahridagi tadbirda Turkiyadan Qirgʻiziston orqali olib kelingan qalbaki dollarlarni sotayotgan guruh qoʻlga olindi. Namanganlik 42 yoshli shaxs va uning toshkentlik 54 yoshli sherigi (muqaddam sudlangan) jami 19 900 qalbaki AQSH dollarini 14 000 dollarga sotayotgan vaqtida ushlangan. Hozirda ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 176-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanildi.

Toshkent shahrida esa firibgarlik yoʻli bilan pul oʻzlashtirmoqchi boʻlgan shaxs qoʻlga tushdi. Chust tumanida yashovchi 27 yoshli fuqaro poytaxtlik shaxsga qalbaki 10 ming dollar hamda 15 million soʻmni jami 5 500 haqiqiy AQSH dollariga sotishni vaʼda qilgan. Tezkor tadbir davomida u aslida toʻlov vositasi hisoblanmaydigan qogʻozlarni pul sifatida sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Har ikki holat boʻyicha tergov harakatlari davom ettirilmoqda.