Muloqotda viloyat hokimi janob elchi Djonatan Xenikni yuksak va masʼuliyatli lavozimga tayinlanganligi, Oʻzbekistonda oʻz missiyasini boshlaganligi bilan qutlab, kelgusidagi faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi.
Shuningdek, viloyat rahbari ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlik koʻp qirrali ekanini taʼkidlab, mamlakatimizda roʻy bergan islohotlar, istiqboldagi rejalar, Navoiy viloyatida xorijiy investorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida maʼlumot berdi. Uchrashuvda AQSHning kapitali ishtirokida viloyatda 5 ta xorijiy korxona faoliyat koʻrsataoʻtgani, viloyat imkoniyatlari va salohiyatlari boʻyicha qayd etilgan koʻrsatkichlar kooperatsiyani kuchaytirishga koʻmakalashishi taʼkidlandi.
Shuningdek, ikki mamlakat oʻrtasidagi hududlararo aloqalarni rivojlantirish istiqbollari, oʻzaro manfaatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama qilindi. AQSH elchisi, oʻz navbatida, Navoiy viloyati potensialini yuqori baholab, savdo-investitsiya aloqalarini rivojlantirish, jumladan, Oʻzbekiston iqtisodiyotiga Amerika kapitali va texnologiyalarini jalb qilish, taʼlim va turizm sohalarni rivojlantirish, energetika, AKT jabhalarida qoʻshma korxonalar tashkil etish hamda moliyaviy hamkorlikni mustahkamlash imkoniyatlari mavjudligini aytib oʻtdi hamda AQSHlik investorlar mamlakatda togʻ-kon sohasiga katta qiziqish bildirishayotgani taʼkidladi.
Uchrashuv soʻnggida Navoiy viloyati erkin iqtisodiy zonasida sanoat va kooperatsiya sohalarida imkoniyatlar katta ekanligini eʼtirof etilib, ushbu yoʻnalishlarda hamkorlikni yanada mustahkamlashga kelishib olindi.