Navoiy viloyatida «Mumtoz she’riyat» xalqaro adabiyot festivali davom etmoqda

    Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar rahbarlarining tashabbuslari bilan madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirishda “Adabiy do‘stlik – abadiy do‘stlik” tamoyili asosida ijobiy natijalarga erishilmoqda.

    Xususan, bugungi festival ham shu maqsadga xizmat qiladi.

    Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar rahbarlarining tashabbuslari bilan madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirishda “Adabiy do‘stlik – abadiy do‘stlik” tamoyili asosida ijobiy natijalarga erishilmoqda. Xususan, bugungi festival ham shu maqsadga xizmat qiladi.

    Navoiy shahridagi "Farhod" madaniyat saroyida taniqli shoir-yozuvchilar, "Mumtoz she’riyat" xalqaro adabiy festivali ishtirokchilari, san’at va madaniyat arboblari, keng jamoatchilik vakillari jam bo‘ldi.

    Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat maslahatchisi Xayriddin Sultonov ochib, Ozarbayjon Yozarlar birligi raisi Anar Rzayevga "Do‘stlik" ordeni hamda davlatimiz rahbari sovg‘alarini tantanali topshirdi.

    So‘z va soz bayrami bahona san’at va adabiyot fidoiylari tomonidan yangragan, nazmu navoga yo‘g‘rilgan badiiy chiqishlar qardosh xalqlar vakillarini yanada jipslashtirdi.