Bu haqda Energetika vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, quvvati 100 MVt boʻlgan FES qurilishi loyihasi davlat-xususiy sherikligi asosida amalga oshirilmoqda. Mazkur elektr stansiyasining ishga tushirilishi joriy yilning oktyabr oyiga rejalashtirilgan. U qayta tiklanadigan energiya manbalari (QTEM) asosida faoliyat yurituvchi sanoat miqyosidagi ilk generatsiya qilinadigan elektr stansiyasi boʻladi.

Qurilish maydonchasida obyekt qurilishi uchun zarur boʻlgan barcha infratuzilma mavjud.