Pandemiya sharoitida qator murakkabliklarning mavjudligiga qaramay, yo'lovchi va yuk tashishda faollik ko'rsatgan, yuqori moliyaviy natijalarga erishgan mazkur havo darvozasi ishchi-xodimlarining mehnati hay'at a'zolari tomonidan alohida e'tirof etildi.

Aeroportning yil davomida moliyaviy va ishlab chiqarish jarayonlarida amalga oshirgan ishlari, mamlakat iqtisodiyotiga qo'shgan hissasi tanlov shartlariga ko'ra, munosib baholandi. “Aeroport” assotsiatsiyasining Faxriy yorlig'i hamda Kubogi tantanali ravishda topshirildi.