Joriy yilning 4-sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali “Zarafshon daryosida minglab baliqlar nobud boʻldi” nomli xabar tarqatilgan edi.

Aniqlanishicha, 2022-yilning 4-5-sentyabr kunlari “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli 1-tashlanmasi (267-sonli quduq) orqali “Zarafshon” daryosiga meʼyoridan ortiq darajada ifloslangan suvlar oqizilayotganligi natijasida daryodagi 2 mlrd. 613 mln. 510 ming soʻmlik jami 4204 dona turli xildagi baliqlar nobud boʻlgan.

Mazkur holat yuzasidan joriy yilning 8-oktyabr kuni Navoiy viloyat IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan “Navoiyazot” AJ mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 196-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.