Qoʻmita matbuot xizmatining xabar berishicha, Aksiyadorlik jamiyati mineral oʻgʻitlar bozorida ustun mavqega ega hisoblanadi.
Jamiyat tomonidan 2021-2023-yillarda qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan talablarga zid holda jami 57 209 tonna mineral oʻgʻit(karbamid, sulfat ammoniya, superfosfat), polivinilxlorid (PVX) va formalin) mahsulotlarini oʻz vaqtida va hajmda birja savdolariga qoʻymagan.
Oqibatda taklifning sunʼiy ravishda kamaytirilishi natijasida narxlarni oʻrtacha 10 foizdan 50 foizgacha oshishiga olib kelgan.
Mazkur huquqbuzarliklar natijasida jamiyat tomonidan jami 20,5 mlrd soʻm asossiz daromad olingan.
Mazkur qonun talablari buzulishi holatlari yuzasidan Qoʻmita tomonidan “Navoiyazot” AJga nisbatan ish qoʻzgʻatilib raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablarini buzilishini bartaraf etish va kelgusida yoʻl qoʻymaslik boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatma berildi.