Joriy yilning 27-yanvar kuni soat 17:00 da Navoiy viloyati “Navoiy azot” AJ ga tegishli hududda xizmat olib borayotgan Qoʻriqlash-patrul xizmati xodimlari tomonidan, nomaʼlum shaxs hech qanday hujjatlarsiz 300 mm diametrdagi, jami 30 dona metall quvurlarni maxsus texnika yordamida yuklayotganligi aniqlanadi.
Voqea joyiga Navoiy shahar IIB Tezkor-tergov guruhi chaqirtirilib, oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtiriladi.
Dastlabki oʻrganishlar jarayonida umumiy uzunligi 350 metr, qiymati 40 million soʻmdan ortiq boʻlgan 23 tonna metall quvurlarni talon-taroj qilmoqchi boʻlgan shaxs 1988-yilda tugilgan Qiziltepa tumanida yashovchi O.X., ekanligi aniqlanadi.
Hozirda Navoiy shahar IIB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda.