Navoiy shahar hokimligi tomonidan tibbiy koʻrik uchun zamonaviy tibbiyot anjomlari bilan taʼminlangan punktga bemorlarga malakali tibbiy xizmat koʻrsatish uchun 44 nafar tibbiyot xodimlari jalb etildi.

Shuningdek, bemorlar uchun 200 ta kislorodli oʻrin tayyorlandi.

Mazkur vaqtinchalik shifo maskaniga tez tibbiy yordam boʻlimiga harorati koʻtarilib, murojaat etgan bemorlar keltirilib, ularning ahvoli oʻta ogʻir, ogʻir va yengilligiga qarab saralanadi. Bemorlarning klinik belgilaridan kelib chiqib, ular shifoxonaga yoki uyida davolanish uchun yoʻnaltiriladi.