Joriy yilning 1-may — 1-iyul kunlari Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasining davlat inspektorlari tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilgan daraxt va buta koʻchatlarning holati yuzasidan hududlarda oʻrganish ishlari oʻtkazildi. Bu haqida Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Oʻrganish davomida Uchquduq tumanida 6 nafar, Karmana, Xatirchi, Konimex tumanlarida 5 nafardan, Qiziltepa tumanida 4 nafar, Navoiy va Zarafshon shaharlarida 3 nafardan, Nurota va Navbahor tumanlarida 2 nafardan hamda Tomdi tumani 1 nafar masʼul shaxslar tomonidan hududlarda 2022-yil kuz va 2023-yil bahor mavsumi davomida ekilgan daraxt koʻchatlari parvarishiga eʼtibor qilmaganligi va sugʻorilmaganligi aniqlandi.

Ushbu holat yuzasidan hududlardagi 36 nafar masʼul shaxslarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJTKning 79-moddasi 3-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 118 million 500 ming soʻm miqdorda jarima belgilandi.