Navoiyda ham plastik shakldagi kadastr pasporti berila boshlandi

    Raqamlashtirish 13 Oktabr 2021 1747

    Endi fuqarolar va tadbirkorlar Navoiy viloyatidagi barcha tuman va shahar Davlat xizmatlari markazidan plastik shakldagi yangi namunadagi kadastr pasportini birgina murojaatlari orqali oladilar.

    Kadastr pasporti elektron koʻrinishga ega boʻlib, koʻchmas mulk obyekti toʻgʻrisida barcha maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi. Jumladan, kadastr raqami, koʻchmas mulk obyektining egasi, JSH SHIR (jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsion raqami), koʻchmas mulk obyektining turi, kadastr sxemasi va hokazo.

    Yangi namunadagi kadastr pasportida QR-kod tizimi mavjud boʻlib, ushbu tizimi orqali mulkdorlar vakolatli tashkilotlarga murojaat qilmasdan, koʻchmas mulk toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni istalgan vaqtda uyali telefondagi maxsus ilovalar orqali olishlari mumkin.