Shu yilning 13-oktyabr sanasida oʻtkazilgan soʻrovnomada, “Siz qaysi tashkilot vakillarining koloniyaga kelib sayyor qabul oʻtkazishini xohlaysiz?” degan savolga mahkumlarning aksariyat qismi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakiliga (ombudsmanga) murojaatlari borligini bildirgan.
2022-yilning 24-oktyabr kuni soʻrov natijalariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakilining (Ombudsmanning) Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili Shuhrat Djurayev 11-son JIEKga tashrif buyurdi.
Shu kuni Ombudsmanning Navoiydagi mintaqaviy vakili, Beshinchi mintaqaviy hudud mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi boshligʻi podpolkovnik I.A.Sherov va koloniya boshligʻi podpolkovnik A.L.Ashirovlar ishtirokida koloniyada jazo muddatini oʻtayotgan mahkumlar bilan sayyor qabul oʻtkazildi.
Sayyor qabulda 20 nafar mahkumlarning murojaatlari tinglanib har bir mahkumning mavjud boʻlgan muammolari oʻrganib chiqildi. Shulardan 1 nafar mahkumning murojaati joyida ijobiy hal yetildi, 9 ta murojaat ijroga qaratildi va 10 ta murojaat boʻyicha tushuntirish berildi.
Sayyor qabul davomida murojaatlarni oʻrganish bilan birga mahkumlarga belgilangan ichki tartib-qoidalarga amal qilishlari, tartibbuzarliklar sodir etmasligi, taqiqlangan narsa buyumlardan foydalanmasligi, mehnatga vijdonan yoshdoshishi, oʻz majburiyatlarini bajarilishi boʻyicha tavsiyalar va tushunchalar berildi.
Shundan soʻng mintaqaviy vakil muassasa oshxonasi, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash holati va belgilangan sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, oziq-ovqat mahsulotlarini har bir mahkumga tasdiqlangan meʼyorlar asosida berilishi, yotoqxonalar, omborxonalar, yuvinish xonalarining holati va tozaligi, mahkumlarga tibbiy xizmat koʻrsatilishi va dori-vositalarining taʼminoti darajasi bilan tanishdi.
Amalga oshirilgan tashrif yakuni boʻyicha muassasa maʼmuriyatiga tegishli tavsiyalar berildi
Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati