Navoiyda masjiddagi ehson qutilaridan pul oʻgʻirlab ketildi

    Xavfsizlik 3 Yanvar 2024 1601

    Karmana tumanida masjiddagi ehson qutilaridan pul oʻgʻirlagan yigit ushlandi.

    Bu haqda Navoiy viloyati IIB matbuot xizmatining xabar bermoqda.

    Maʼlum qilinishicha, oʻgʻirlikni Nurota tumanida yashovchi 27 yoshli yigit qilgan. U 2023-yil 9-dekabr kuni tunda Karmana tumani markazidagi Qosim-Shayx masjidiga panjara osha kirib, u yerdagi 5 dona ehson qutisini buzib ochgan hamda ichidagi pullarni olib ketgan.

    Yigitdan ehson qutilaridan oʻgʻirlangan 4 million 669 ming soʻm pullar hamda daliliy ashyolar rasmiylashtirib olingan. Oʻtkazilgan surishtiruv tadbirlari davomida yigit 2023-yilning 25-noyabridan 9-dekabrigacha Nurota va Karmana tumanlaridagi bir nechta masjidda ehson qutilaridan pullarni oʻgʻirlab kelgani maʼlum boʻlgan.