Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazriligi axborot xizmatining maʼlum qilishicha, qurilish jarayonida obyektning tarmoq kabellari uchun quyilgan quyma temir beton ishlari sifatsiz bajarilgan.
Shuningdek, qurilish materiallarining sertifikatlari nazorat davri mobaynida toʻliq yuritilmagan.
Ushbu qoidabuzarliklar boʻyicha buyurtmachi-pudrat tashkilotining texnik va ichki nazoratchilariga nisbatan Qurilish inspeksiyasi tomonidan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi hamda loyiha talablari asosida bajarilmagan beton ishlari joyida buzdirildi.