Taʼkidlanishicha, mazkur holat boshqarma boshligʻi v.v.b U. Tillayev tomonidan tegishli masʼullar bilan birgalikda zudlik bilan atroflicha oʻrganib chiqildi.
Tarqalgan videoyozuvdagi ovoz Navbahor tumanidagi 9-umumtaʼlim maktabi direktori D.Turobovaga tegishli ekani aniqlandi va unga nisbatan Ish beruvchining tegishli buyrugʻiga asosan belgilangan tartibda intizomiy jazo chorasi qoʻllanildi.
Shuningdek, hozirda mazkur holat vakolatli organlar tomonidan maktab direktori D.Turobovaning hatti-harakatlarida maʼmuriy huquqbuzarlik alomatlari bor yoʻqligi oʻrganilmoqda. Ushbu holat yuqori turuvchi va vakolatli organlar tomonidan nazoratga olingan boʻlib, oʻrganish yakunlari boʻyicha qoʻshimcha xabar beriladi.