Mazkur arizaga asosan, 2022-yil 5-mart kuni Navoiy viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boʻlimi, DXX Navoiy viloyati boshqarmasi hamda Navbahor tumani IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda ikki nafar shaxs 1 dona shisha idishga joylashtirilgan “Radiy Ra 226 02 5» yozuvli 250 gr radioaktiv materialni maxsus xaridorga 50.000 AQSH dollariga sotayotgan vaqt ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Holat yuzasidan 2022-yil 5-mart kuni Navbahor tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 252-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, gumonlanuvchilar belgilangan tartibida ushlanganlar.