Unga ko‘ra, joriy yilning 4-iyul kuni soat 16:47 da Navoiy viloyati Navbahor tumani, “Mehnat” MFY hududidan o‘tuvchi “Uchtut-qalqon” yo‘lining 3 km.da harakatlanib ketayotgan traktor  tirkamalaridagi somon  yonayotganligi to‘g‘risida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga yong‘in qutqaruv ekipajlari soat 17:02 da yetib borishib, yong‘in soat 17:06 da qurshab olingan va soat 17:15 da yong‘in batamom o‘chirilgan.

Yong‘indan traktor tirkamalaridagi 300 dona samon press hamda tirkamani 1 dona g‘ildirak shinasi yongan. Yong‘indan tan jarohati olganlar yo‘q.