Bu haqda “Millar” dasturi xabar berdi.
Hodisa shu yilning 22-fevral kuni yuz bergan boʻlib, avtomashinada 22 yoshli yigit va uning sheriklari boʻlgan.
Maʼlum qilinishicha, YTH 22-fevral kuni Konimex tumani hududida, “Navoiy–Zarafshon–Uchquduq” avtomobil yoʻlida sodir boʻlgan. Nexia haydovchisi oʻzi bilan bir yoʻnalishda harakatlanayotgan avtomobilni quvib oʻtishga uringan. Ammo bunga ulgurmasdan qarama-qarshi yoʻnalishda kelayotgan yuk mashinasi bilan toʻqnashgan.
Navoiy viloyati IIB maʼlum qilishicha, hodisa oqibatida ikki nafar fuqaro voqea joyida, yana ikki kishi esa shifoxonada vafot etgan. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, avtohalokatga quvib oʻtish qoidalarini buzish sabab boʻlgan.