Navoiy viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi axborot xizmati xabariga ko'ra, Navoiy shahridagi 2-umumtaʼlim maktabining 7-sinf oʻquvchisi Barchinoy shaxmat bilan kichik yoshligidan shugʻullanib keladi. 2017-yilda 10 yoshli qizlar oʻrtasida boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston chempionatida faxrli 2-oʻrinni egallagan. 2018-yil Rossiya Federatsiyasining Sochi shahrida boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida 2-oʻrinni qoʻlga kiritgan. Shuningdek Respublika miqyosidagi barcha musobaqalar gʻolibasi hisoblanadi.
Navoiy viloyati sharafini respublika boʻyicha shaxmat yoʻnalishida 1-oʻringa olib chiqmoqda. 2019-yil maktab oʻquvchilari oʻrtasida Osiyo chempionatida 13 yoshlilar orasida 3-oʻrinni egallagan.
2021-yil 14 yoshgacha qizlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionatida standart, rapid va blis yoʻnalishlarida ham 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan Barchinoy “Standart” yoʻnalishida Batumi shahrida boʻlib oʻtadigan Jahon chempionatiga, “Rapid” yoʻnalishida Gruziya davlatiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.