Loyiha qiymati 1 milliard soʻmdan ziyod boʻlgan ushbu zamonaviy klinika binosi 30 statsionar oʻringa moʻljallangan boʻlib, laboratoriya, fizioterapiya, fitobar, UTT, EKG, videokolposkopiya, diagnostika va konservativ davolash kabi boʻlim va tibbiy xizmatlar ham mavjud.

Yangi tibbiyot muassasasida malakali shifokorlar tomonidan gepatologiya, ginekologiya va terapiya yoʻnalishlarida aholiga sifatli tibbiy xizmat koʻrsatiladi.

Ahamiyatlisi, mazkur klinikada nafas yoʻllari allergik kasalliklarini davolashda keng qoʻllaniladigan galoterapiya (tuzli gʻor) hamda eng ommabop modellarda kislorod bilan davolash boʻlimlari ham tashkil etilgan.

Loyihani amalga oshirish natijasida 15 ta yangi ish oʻrni yaratildi, deb xabar beradi Oʻzbekiston tumani hokimiyati matbuot xizmati.