Kuni kecha bayram munosabati bilan Urganch tumandagi “Versal” to'yxonasida tuman hokimligi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi Xorazm viloyat bo'limi va boshqa hamkor tashkilotlar tashabbusi bilan kam ta'minlangan va “Temir daftar” ro'yxatiga kiritilgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning o'n olti nafar farzandlarining sunnat to'yi o'tkazildi.
Xayriya sunnat to'yida tuman hokimi Frunze Sharipov hamda “Mahalla” xayriya jamoat fondi Xorazm viloyat bo'limi boshqaruvi raisi Altiboy Radjabov va nuroniylar, to'y bolalarning yaqinlari ishtirok etib, jajji bolajonlarni qo'shaloq bayram — Navro'z va sunnat to'yi bilan muborakbod etishdi, ular haqlariga duo qilishdi. Vatan koriga yaraydigan kamarbasta insonlar bo'lishlarini tilashdi.
Shundan so'ng tuman hokimligi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi Xorazm viloyat bo'limi va hamkor tashkilotlar tomonidan tayyorlangan to'yona va sovg'alar jajji bolajonlarga hamda ularning ota-onalariga tortiq etildi. Bu esa jajjigina o'g'lonlar xotirasida yaxshilik, mehr-saxovat ramzi sifatida bir umrga muhrlanib qoladigan bo'ldi.
“Mahalla” xayriya jamoat fondi
Xorazm viloyat bo'limi matbuot xizmati