Tadqiqotchilar Yevropa va Afrikada 100 000 yil avval yashagan 12 ta neandertal, 34 ta qadimiy Homo Sapiens va 18 ta zamonaviy odam tish toshlarining DNKsini tahlil qilishdi. Bu ularga og'iz bo'shlig'i mikrobiomasi – inson og'iz bo'shlig'ida yashovchi va tish toshlarida saqlanuvchi yuzlab turdagi mikroskopik organizmlar haqida ma'lumot olish imkonini berdi.

Olimlar tadqiqot davomida yettita namunada topilgan Chlorobium deb nomlangan bakteriyalarning ikkita turiga e'tibor qaratishdi. Ilgari noma'lum bo'lgan bu turlar g'orlar yaqinidagi suv manbalarida uchraydigan C. limicola bakteriyasiga genetik jihatdan yaqin. Olimlarning ta'kidlashicha, g'orlar bilan bog'liq muhitda yashovchi odamlar bakteriyalarni ichimlik suvi orqali yuqtirgan bo'lishi mumkin.

Qizig'i shundaki, bu Chlorobium turlari so'nggi 10 ming yil davomi yashagan odamlarning tish toshlarida deyarli yo'q edi. Mutaxassislarning ta'kidlashicha, Chlorobiumning tarqalish chastotasidagi o'zgarishlar, ehtimol, inson ajdodlarining turmush tarzidagi o'zgarishlar bilan bog'liq bo'lishi mumkin, deb xabar beradi tengrinews.kz.