“Nebras Power” kompaniyasi Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlarida issiqlik elektr stansiyalari quradi

    Energetika 15 Mart 2023 2192

    Joriy yil 14-martda Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Qatarning “Nebras Power” kompaniyasi biznesni rivojlantirish boʻyicha direktori Faysal Obayd al-Siddiqiy bilan muzokaralar oʻtkazdi.

    Tomonlar Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlarida umumiy quvvati 3,1 GVt boʻlgan issiqlik elektr stansiyalarini qurish boʻyicha loyihalarni tayyorlash jarayonini koʻrib chiqdilar, deb xabar beradi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.

    Maʼlumot uchun: Nebras Power kompaniyasi 2014-yilda tashkil etilgan boʻlib, bosh qarorgohi Dohada (Qatar) joylashgan. Kompaniya energetika va suv sanoatida loyihalarni amalga oshirib keladi. Aktivlari — 2,3 milliard dollar, xodimlar soni 600 dan ortiq kishini tashkil etadi. Kompaniya dunyoning 8 dan ortiq mamlakatlarida faoliyatini olib boradi.